Konferensiya haqida
Anjumanda rivojlangan davlatlar hamda respublikamizdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohadagi barcha mutaxassislarning inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan qarashlari, g‘oyalari, konsepsiyalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida bu sohadagi muammolarga yechim topishga imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinadi.